"Qo‘qon-1912" transfer oynasi yopilayotganida yangi hujumchini oldi

  • 26 fevral, 18:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transfer oynasining so‘nggi kunida "Qo‘qon-1912" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoaga kot-dʻIvuarlik hujumchi Amed Kobena kelib qo‘shildi. Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hujumchining so‘nggi jamoasi Xitoyning "Dandong Tengyue" klubi hisoblanadi.

Hujumchi 1997 yilda tug‘ilgan. Kobena faoliyati davomida Xitoydan tashqari, Oman va Kot-dʻIvuar chempionatlarida ham faoliyat olib borgan.

Ushbu legionerning ma’lumoti bilan qiziqqanimizda gol urgani haqida ochiqlanmagan. Qolaversa, o‘tgan mavsumni u biror klubda o‘tkazmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!