
"Qo‘qon-1912" "Vodiy derbisi"ga jiddiy tayyorlanmoqda, jarohatidan tuzalgan ikki nafar futbolchi mashg‘ulotlarga qaytdi
“Qo‘qon-1912” jamoasi Superliganing navbatdagi turida Andijon shahrida, “Andijon” jamoasining mehmoni bo‘ladi.
Qo‘qonliklar doimo murosasiz kurashlarga boy o‘tadigan “vodiy derbi”siga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi navbatdagi tur uchrashuvlariga futbolchilarni har tomonlama puxta tayyorlash uchun bor bilimlarini ishga solmoqda.
“Shunqorlar” Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida o‘z mashg‘ulotlarini o‘tkazishyapti. Quvonarlisi, mashg‘ulotlarga jarohatidan tuzalib borayotgan Suhrob Berdiev hamda Bobur Akbarov safga qo‘shilgan. Har ikki futbolchi hozircha alohida mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Bundan tashqari, mashg‘ulotlarga o‘rinbosarlar tarkibidan ham bir nechta futbolchilar jalb qilingan.
"Andijon" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi derbi 5 may kuni Andijondagi "Bobur Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar