"Qo‘qon sheri" Toshkentda jang qiladi. Uning raqibi braziliyalik

  • 09.12.2024 14:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 29 dekabr kuni poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida "Octagon 68" turniri bo‘lib o‘tadi.

Etiborlisi, unda boshqa jangchilarimiz qatori "Qo‘qon sheri" nomi bilan tanilgan Amirxon Alixo‘jaev (11-4) ham oktagonga ko‘tariladi. Hamyurtimizga braziliyalik Elismar “Palach” Lima (30-12) raqiblik qilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Amirxon oxirgi jangida qozog‘istonlik Nurbek Tajibaevni 1-raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!