Qozog‘iston murabbiyi: "Bu nohaqlik! Voyaga etganlar o‘smirlar o‘rtasidagi turnirlarda ishtirok etmasligi kerak"

  • 19 aprel, 18:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Boks bo‘yicha Qozog‘iston ayollar terma jamoasi ustozi Eldos Saydalin Serbiyadagi IBA jahon chempionatida ishtirok etmagan yurt - Hindiston haqida gapirdi. 

"Hindiston halqaro arenada raqobatbardosh boks namoyish etmoqda, demagan bo‘lardim. Ularning halolligiga shubham bor. Hindiston tarkibida voyaga etgan qizlar o‘smirlar o‘rtasidagi turnirlarda jang qilishadi. Bu nohaqlik! Bunday bo‘lmasligi kerak. Eshitishimcha, ularning fuqarolariga hujjatlar kechikib beriladi, shuning uchun ularning yoshi ko‘rinishiga ham to‘g‘ri kelmaydi" - dedi Saydalin You Tube dagi  "AQYRYS SEITQAZY" kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 8-17 mart kunlari Serbiyada o‘tkazilgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi IBA 14-jahon chempionatida 50 davlatdan 239 nafar sportchi ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!