Qozog‘iston O‘zbekiston terma jamoasi bilan qachon o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

  • 19 aprel, 23:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishga yaqin turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi kuzda yon qo‘shni – Qozog‘iston milliy terma jamoasi bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvni o‘tkazishi mumkin.

Tecno

Qozog‘iston futbol federatsiyasi prezidenti maslahatchisi Nursulton Kurman bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuviga oid so‘nggi  ma’lumotlarni taqdim etdi.

- Biz bu yilni O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv bilan yakunlaymiz. O‘yin kuz faslining oxirida tashkil etiladi.

O‘zaro kelishuvimiz bor. Biz o‘yinni Turkistonda tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Lekin uchrashuv Chimkent markaziy stadionida o‘tishi ham mumkin. Bu erda chim yashi holatda, endi elektron tablo ham o‘rnatildi.

O‘tgan gal bu ikki terma jamoa Chimkentdagi o‘yinda araxzlashib qolgandi. Endi ular o‘sha joyda yana yarashib oladi, - dedi Nursulton Kulman.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalar o‘zaro etti marotaba kuch sinashgan. 1992 yilgi ilk uchrashuvda qozog‘istonliklar o‘z maydonida yagona g‘alabasini nishonlagan. Keyinchalik o‘zbekistonlik futbolchilar uchta g‘alaba va uchta durang qayd etdi.

2007 yili Chimkentdagi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida o‘rtada kichik kelishmovchilik kelib chiqqan. Shundan keyin ikki terma jamoa o‘rtasidagi munosabatlarda uzoq muddatli uzilish kuzatildi.  

Nihoyat, 2022 yilga kelib, o‘zaro aloqalar tiklandi va Qozog‘iston milliy terma jamoasi Toshkentga taklif qilindi. Bu o‘rtoqlik uchrashuvida Hojimat Erkinov va Eldor Shomurodovning gollari terma jamoamizga 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998950198726
19/04/2025 23:31
2007 Йилги ўйинни кўргандим.Алма-тв кубоги.Ўзбекистон Озарбайжонга 0-1 Қирғизистонни 6-0 га ютганди.Қозоғистон Озарбайжон Қирғизистонни ютганди.Ўзбекистон Қозоғистони ютса турнир ғолиби бўларди.ўйин 1-1 бўлганди.Қирғизистонлик хакам очиқчасига қозоқлар дарвозасига пеналти бермаганди Дарвозабон Давид Лория оёқдан ушлаб йиқитганди.бизникилар норози бўлиб хакамга ёпишиб кетганди айниқса Анвар Солиев.шундан кейин алоқалар тўхтаб қолди.чимкентда бўлсаям Ўзбекистонда ўтаётгандек эди.бизникилар кучли эди