
Qozog‘istonlik futbol faxriysi: Baxtiyor Zaynutdinov ham Eldor Shomurodov yo‘lidan borishi kerak
Qozog‘istonlik futbol faxriysi Yusup Shodiev sports.kz nashriga Baxtiyor Zaynutdinovning TsSKAdan Turkiyaning “Beshiktosh” klubiga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
- U ketishi kerak, o‘zini kuchli jamoalarda sinab ko‘rishi lozim. Balki evrokuboklardagi ko‘rsatkich uning Evropaning kuchli klubiga o‘tish imkoniyatini oshiradi. U hozir o‘zining eng yuqori cho‘qqisida. Mana, uning sobiq jamoadoshi Eldor Shomurodov Italiyada o‘ynayapti va hammasi yaxshi. Baxtiyor ham u erda yo‘qolib qolmaydi. Agar Baxtiyor o‘xshamasa ham, har doim uyga qaytishi mumkin, bundan tashvishlanadigan hech narsa yo‘q, - deb hisoblaydi mutaxassis.
Avvalroq, "Beshiktosh" Zaynutdinovga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Futbolchi 2020 yilning avgustidan beri TsSKA safida to‘p tepmoqda. Transfermarkt.com portali Qozog‘iston terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 6 million evroga baholamoqda.
Fikrlar