
Qudratillo Abduqahhorov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi
Rossiya Federatsiyasining Kirovsk viloyati Kirov shahrida boks bo‘yicha "IBA Chempionlar oqshomi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Turnirning asosiy jangida o‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov ringga chiqdi. Unga mezbonlar vakili Pavel Sosulin raqiblik qildi.
8 raund etib belgilangan to‘qnashuv to‘liq davom etdi va unda afsuski, ochkolar hisobiga ko‘ra Sosulinning qo‘li baland keldi.
Shu tariqa, 30 yoshli Abduqahhorov bugun o‘zining to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Pavel Sosulin esa bugun o‘zining to‘qqizinchi g‘alabasini nishonladi.
Fikrlar