Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 17 yanvar, 2021, 11:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Profescional boksning yarim o‘rta vazn toifasida ( 66.6 kg) faoliyatini olib borayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini 6 mart kuni o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda bokschining o‘zi Sports.uz saytiga ma’lum qildi. Hozircha jang kechasi qaerda bo‘lishi va raqib borasida ma’lumotlar yo‘q.

Tecno

Abduqahhorov yaqinda "Top Rank" kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilib, Sampson Levkovichga tegishli bo‘lgan "Sampson Boxing" promouterlik kompaniyasi bilan yangi kelishuvga erishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov hozirda WBC yo‘nalishida 8, WBOda 13 va IBF  reytingida 1- o‘rinni egallagan holda, Errol Spensning IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
17/01/2021 17:18
Олга Кудратилло! Аввал Спенсни нокаутга учратиш керак, кейин Гарсия ва Брук хам югуриб келади.