Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi raqibi AQShdagi vaziyatni tasvirlab berdi

  • 27 mart, 2020, 16:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi raqibi  rossiyalik Sergey Lipinets AQShdagi koronavirus pandemiyasi sharoitidagi vaziyat haqida gapirdi.

“Siz AQShdagi do‘konlarga borishingiz mumkin. Rasmiylar ularni uyda qolishga majburlamaydilar ... Ammo yo‘llarda tirbandliklar yo‘q. Okeanda juda ko‘p odamlar - yugurish, velosiped haydash mashg‘ulotlari bilan band. Mamlakat fuqarolariga boshqa shtatlarga kirish uchun taqiq yo‘q.

Barcha kafelar bir hafta davomida yopildi. Oziq-ovqat do‘konlariga borishingiz mumkin. Faqat hojatxona qog‘ozi umuman yo‘q.

Ko‘rinishidan, vaziyat haqiqatan ham qiyin. Amerikada 50 yil davomida hech qachon kazino yopilmagan. Va endi ularning barchasi, boshqa muassasalar kabi ishlamayapti”, - dedi bokschi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!