Qutilsak bo‘ldi! “Barsa” qimmatbaho futbolchisini tekinga qo‘yib yuboradi

  • 02.06.2021 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ga katta xarajatlar evaziga olib kelingan Filippe Koutino sobiq jamoasi “Liverpul”ga qaytishi kutilmoqda.

Kataloniyaliklar liverpulliklarga braziliyalik pleymeykerni qo‘shimcha to‘lovlarsiz qaytarib olishni taklif qilmoqda. Buning evaziga “Liverpul” rahbariyati Koutinoning transferidan hosil bo‘lgan 50 million evrolik qarzdan kechishi kerak bo‘ladi.

Koutino yakunlangan mavsumda Ispaniya chempionatida 12 ta uchrashuv o‘tkazdi. Yana bir necha o‘yindan keyin kataloniyaliklar “Liverpul”ga qo‘shimcha bonus to‘lashi ham kerak bo‘ladi.

“Liverpul” hali “Barselona” taklifiga munosabat bildirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!