Quvondiq Ro‘ziev "Buxoro" a’zosiga aylandi

  • 10.08.2026 21:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Quvondiq Ro‘ziev "Navbahor"ni tark etib, "Buxoro" klubi safiga borib qo‘shildi. 

"Jamoamiz safini 31 yoshli tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro‘ziev tark etdi. “Lochinlar” tarkibiga 4 yillik tanaffusdan so‘ng, bu yil yana qo‘shilgan tajribali futbolchi joriy mavsumda jamoamiz tarkibida Superliga doirasidagi 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 614 daqiqa harakat qilgan.
Biz jamoamiz safida o‘tkazgan o‘yinlari uchun Quvondiq Ro‘zievga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz", - yozdi "lochinlar" matbuoti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!