Raboning qarori "Yuve" murabbiylar shtabini ranjitdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrian Rabo koronavirus pandemiyasi sabab Frantsiyadan Turinga qayta olmasligi haqida klub murabbiylar shtabini ogohlantirdi.
Futbolchining ushbu qarori "Yuventus" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabini ranjitdi, deya xabar bermoqda La Gazzetta Dello Sport. Ta’kidlanishicha, futbolchining ushbu qarori uning yozda "Yuve"ni tark etishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda Rabo Italiya chempionatida "keksa sinora" libosida 17 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar