
Rafael Leau: "Milan" va "Inter" tanlovi yana berilsa, 100 marta "rossonerilar"ni tanlagan bo‘lardim
"Milan" vingeri Rafael Leau nega "Inter"ni emas, "Milan"ni tanlagani haqida gapirdi.
"Bolaligimdan "Milan" yulduzlari Ronaldino, Ronaldo, Kaka, Zeedorfning o‘yinlarini ko‘rib ulg‘ayganman. Keyin esa klubning Chempionlar ligasida 7 ta g‘alabasi borligini bilib, bu jamoaning qanday buyuk klub ekanini tushunganman. "Milan" va "Inter" tanlovi yana berilsa, 100 marta "rossonerilar"ni tanlagan bo‘lardim.
Portugaliyalik futbolchi 2019 yilda "Lill"dan Italiya klubi safiga kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda umumiy 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar