Rafinya Niko Uilyamsning "Barselona"ga kelishiga jiddiy munosabat bildirdi

  • 28 iyun, 14:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Rafinya ehtimoliy yangi transfer — Niko Uilyams borasida fikr bildirdi.

Tecno

"Niko — yuqori saviyadagi o‘yinchi. Shu bois, klub uni olib kelmoqchi bo‘layotgani ajablanarli emas. U hozirning o‘zida Ispaniya terma jamoasi futbolchisi. Biz jamoaga foyda keltiradigan har qanday o‘yinchini mamnuniyat bilan qarshi olamiz" — dedi Rafinya "Globo" nashriga bergan intervyusida.

2023/24 yilgi mavsumda Niko Uilyams La Liganing 29 ta uchrashuvida ishtirok etib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portali 21 yoshli vingerning bozor qiymati 70 million evro deb baholamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!