Rafinya: To‘qqiztadan to‘qqizta!

  • 24.08.2026 08:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias yangi mavsumdagi La Ligada jamoasining ilk golini urdi. Braziliyalik futbolchi 14-daqiqada penalti­ni aniq amalga oshirib, «Elche» darvozasini ishgʻol etdi.

Opta maʼlumotlariga koʻra, 29 yoshli Rafinya 2022 yilda «Barselona»ga kelganidan beri jamoa safida penalti­dan hali biror marta adashmagan. U kataloniyaliklar tarkibida barcha toʻqqizta penalti­ni golga aylantirgan.

Futbolchining penalti­dan oxirgi marta noaniq zarba berganiga qariyb yetti yil boʻldi. Uning «nuqta»dan soʻnggi marta yoʻl qoʻygan xatosi 2017 yil dekabrida, Portugaliya chempionati doirasida «Vitoria Gimaraynsh» safida maydonga tushgan uchrashuvda qayd etilgan.

«Elche» – «Barselona» uchrashu­vining ikkinchi boʻlimida braziliyalik futbolchi dubl qayd etdi. Umumiy hisobda esa, chempion jamoa mezbonlar darvozasiga javobsiz beshta toʻp kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!