
Rafinyani Braziliya emas, Italiya terma jamoasida ko‘rishimiz mumkin edi, biroq...
Rafinya "Evro-2020" musobaqasida Italiya terma jamoasi tarkibida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lganini aytdi.
- Men Italiya terma jamoasiga qo‘shilishga juda yaqin edim. 2020 yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan Evropa chempionatiga borishim kerak edi. Deyarli tayyor edim. Yaxshiyamki, pasport o‘z vaqtida kelmadi.
Menga Italiya terma jamoasidan qo‘ng‘iroq qilishardi. Jorjino tez-tez aloqaga chiqib turardi. Italiyalik murabbiylar men uchun ajoyib loyiha tayyorlashgan edi, bu meni juda ta’sirlantirgandi.
Ammo shu bilan birga qalbimning tub-tubida hamon Braziliya terma jamoasi libosini kiyishga umid qilardim. Va, baxtimga, Italiya pasportini o‘z vaqtida ololmadim, - dedi "Barselona" hujumchisi "Isa Visita" podkastida.
"Sky Sport" nashrining xabar berishicha, Rafinya otasida Italiya fuqaroligi boriligi tufayli Italiya terma jamoasida o‘ynash huquqiga ega bo‘lgan.
Fikrlar