Rahbarlarga qarshi bosh ko‘targan “Latsio” etakchisi uchta klubdan taklif oldi

  • 24 noyabr, 2020, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Latsio”ning etakchi yarim himoyachisi Luis Alberto qishki transferlar vaqtida jamoadan ketishi aniq bo‘ldi.

28 yoshli futbolchi klub rahbariyatini moliyaviy xarajatlarni noto‘g‘ri olib borayotgani tufayli oshkora tanqid qilgan edi. Keyinchalik futbolchi rahbariyatdan ommaviy tarzda uzr so‘raganiga qaramay, jamoadagi mavqeini yo‘qotib bo‘ldi.

Hozir “Inter”, “Yuventus” va “Everton” kabi jamoalar “Latsio”da yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, Luis Albertoni o‘z tarkibiga osongina qo‘shib olishga umid qilyapti.

Joriy mavsumda ispaniyalik yarim himoyachi A Seriyada ettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.

Voqea joyidan qochgan Jek Grilish sud qilinadi

Ana xolos! Shomurodov o‘ynayotgan chempionatda futbolchining tishini to‘kib qo‘yishdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!