Rakitich: “Peres mening gaplarimni diqqatlik bilan o‘qishi kerak”

  • 16 yanvar, 20:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi hisoblangan Ivan Rakitich “Real Madrid” Prezidenti Florentino Peresga Luka Modrichning shartnomasi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. 
 
"Florentino, Modrichning yozda tugaydigan shartnomasini hoziroq uzaytiring! Buni nafaqat madridistlar, balki barcha futbol muxlislari uchun qilishingiz zarur. Luka ispanlar ham, nemislar ham, xorvatlar ham, turklar ham, qisqasi, hamma yaxshi ko‘radigan futbolchidir. 
 
Agarda Modrich madridliklarni tark etsa, butun Ispaniya qayg‘uga tushadi. Bundan tashqari, u Chempionlar ligasida ham o‘ynashni davom ettirishi kerak. Albatta, men jamoadoshimning 2026 yilgi Jahon chepmionatida ham ishtirok etishiga umid qilaman” – deya Peresga murojaat qildi, xorvatiyalik havbek. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 36 yoshli yarim himoyachi hozirda Xorvatiyaning "Xayduk Split" klubida harakat qilmoqda. Ivan bu mavsum 20 ta bellashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!