Ramos Keynga: "Real" qanday chempion bo‘lishni biladigan jamoa..."

  • 6 iyun, 2023, 18:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda PSJdan ketishi ma’lum bo‘lgan Serxio Ramos sobiq klubi "Real"ga o‘tishi kutilayotgan Xarri Keynga qisqacha maslahat berdi. 

"Xarri Keyn? Har bir futbolchiga maslahatim - "Real"ga o‘tish imkonini qo‘ldan boy bermang. Bu klub qanday chempion bo‘lishni biladigan jamoa", - dedi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema "qirollik klubi"dan ketishi ma’lum bo‘lgach, uning o‘rniga angliyalik Xarri Keyn kelishi haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, "qaymoqranglilar" short-listidan "Chelsi" hujumchisi Kay Xaverts ham joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!