
Ramos "Real"da asosiy penalti tepuvchi bo‘lib qolaveradi, Azar buni undan tortib olmoqchi emas
Yaqindagina "Real" Madridga ko‘chib o‘tgan belgiyalik vinger Eden Azar jamoada asosiy penalti tepuvchi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli futbolchi faoliyatining asosiy qismida “Chelsi”da ham, Belgiya terma jamoasida ham asosiy penalti tepuvchi hisoblangan.
“Sardor (Serxio Ramos) penaltini yaxshi tepadi. Agar uning o‘zi mendan 11 metrlik zarbani tepishimni so‘rasa, buni rad etmayman. “Real”da yulduzlar etarli. Men jamoada yangiman va shu bois maydonda qo‘limdan kelgancha harakat qilaman”, - deydi Azar.
Fikrlar