Ramos “Real”dan ketishini e’lon qildi

  • 10 fevral, 2021, 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” sardori Serxio Ramos faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi. U “Qirollik klubi”ning maoshi o‘n foizga kamaytirilgan ikki yillik shartnomasini qabul qilmadi. Madridliklar ham unga boshqa bitim taklif qilmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Serxio Ramos klub rahbariyatini yozda boshqa jamoaga o‘tishi haqida ogohlantirdi. Ayni paytda tizzasini operatsiya qildirib, safdan chiqqan futbolchi kelasi hafta “Manchester Yunayted” bilan muzokara o‘tkazadi.

Bundan tashqari, Ramosda PSJ varianti ham bor. Parijliklar unga 15 million evroli yillik maosh bilan uch yillik shartnoma taklif qilgan. Endi Ramos o‘ziga mos jamoa bilan kelishib olsa bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!