Ramos "Real"dan ketmoqchi

  • 3 dekabr, 2020, 22:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" himoyachisi Serxio Ramos yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Onda Cero nashri xabar bermoqda.

34 yoshli ispaniyalik futbolchining “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Serxio ushbu kelishuvni uzaytirmoqchi emas va jamoadan ketishni rejalashtirmoqda. Unga hozirda Italiya va Angliya, shuningdek, PSJdan ham jiddiy takliflar bor.

Ramos joriy mavsum La Ligada 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!