
Ramosning ketish vaqti keldimi?
Serxio Ramos Madriddan ketish variantini ko‘rib chiqmoqda. Uning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
“Real” rahbariyati odatda yoshi 30 dan oshgan o‘yinchilarga uzog‘i bir yillik bitim taklif qiladi. Ramosning jamoadagi mavqeini inobatga olgan rahbarlar uni yana ikki yil olib qolish bo‘yicha taklif ustidan ishlayapti.
Biroq, Serxio Ramosni o‘ziga chorlayotgan PSJ, shuningdek, Italiya va Angliyaning baquvvat jamoalari 34 yoshli futbolchiga o‘ta manfaatli taklif bilan chiqmoqda.
Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda va “Real” xo‘jayinlari futbolchini ketish fikridan qaytarishga harakat qilyapti.
Fikrlar