
Ramosning PSJdagi debyuti yana kechikadigan bo‘ldi. Chunki...
"Pari Sen-Jermen" klubi himoyachisi Serxio Ramos son mushaklaridan olgan jarohatidan hali ham sog‘aymadi.
Le Parisien tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi chempionatning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Renn"ga qarshi bahsdan oldingi jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashmagan.
AS nashrining yozishicha, Ramosning “Renn”ga qarshi o‘yinda ishtirok etish ehtimoli juda kam. Uning qachon safga qaytishi ham noma’lum.
Qayd etilishicha, Ramosning o‘zi imkon qadar tezroq o‘ynashni xohlayapdi, biroq jamoa murabbiylari va shifokorlar uning salomatligi bilan tavakkal qilish niyatida emas va faqatgina to‘liq sog‘ayib ketgach, uni maydonga tushirishga ruxsat berishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ramos iyul oyida PSJga o‘tgandi, lekin hali birorta ham o‘yinda ishtirok etgani yo‘q.
Fikrlar