Raneri: "Dibala keyingi uchrashuvda maydonga tushsa kerak!"

  • 17 fevral, 16:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Paulo Dibalaning holati haqida gapirdi. Argentinalik futbolchi Evropa ligasining pley-off bosqichi doirasidagi "Portu"ga qarshi bellashuvning 40-daqiqasida og‘riq sabab almashtirilgan edi.

Tecno

"Dibala hozirda yaxshi, u keyingi o‘yinda o‘ynasa kerak. Bugungi uchrashuvda uni maydonga tushirib, tavakkal qilishni istamadim. Pauloning tizzasiga zarba berildi, ammo hech qanday jiddiy jarohat yo‘q", - deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda "Tuttomercatoweb".

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli yulduz joriy mavsum Italiya chempionatida 21ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi (uchtasi penaltidan) va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!