
Raneri "Inter"ga qarshi asosiy tarkibga Shomurodovni kiritadimi?
Klaudio Raneri "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan jamoa tarkibiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Tajribali murabbiy "Roma" hujum chizig‘ini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, yakshanba kuni Shomurodov-Dovbik juftligi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Umumiy hisobda, bu ikki hujumchi joriy mavsumda "Empoli", "Montsa", "Bolonya", "Udineze", "Napoli", "Lechche", "Yuventus", "Latsio" va "Verona"ga qarshi jami 194 daqiqa birga o‘ynashdi. Bu uchrashuvlarning barchasida "Roma" kambek amalga oshirgan holda yoki g‘alabani saqlab qolib o‘yinni yakunladi.
Fikrlar