Raneri "Roma" rahbariyatidan "Chelsi" futbolchisini sotib olishni so‘ramoqda

  • 13.03.2019 08:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yaqindagina "Roma" bosh murabbiyligiga tayinlangan Klaudio Raneri klub rahbariyatidan "Chelsi" himoyachisi Deniel Drinkuoterni jamoaga olib kelishni so‘ramoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tish lozimki, Raneri va Drinkuoter o‘z vaqtida "Lester "da birga faoliyat olib borishgan.

Ta’kidlash kerakki, Drinkuoter joriy mavsum APLda birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!