
Rangnik Xolandni MYuga olib keladigan odam topdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoaga Erling Xolandni olib kelish bo‘yicha harakatlarni boshlab yubordi.
Ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik mutaxassis futbolchining otasi Alf-Inge Xoland bilan uchrashib, Erlingni transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.
Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, Ralf Rangnik 2019 yili Erling Xoland “Zaltsburg” jamoasi bilan shartnoma imzolaganida bu transfer boshida Avstriya klubida sport direkori bo‘lib ishlagan Ralf Rangnik turgan. O‘shandan buyon bu mutaxassis Erlinglar oilasi bilan do‘stona munosabatlarni saqlab keladi.
“Manchester Yunayted” rahbariyati buni inobatga olgan holda, agar Rangnik norvegiyalik to‘purarni Manchesterga olib kelsa, qo‘shimcha 10 million evro bonus berilishini e’lon qilgan.
Joriy mavsumda Erling Xoland Bundesligada 11 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi. Uning “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan. Biroq bitimga ko‘ra, Xolandni olmoqchi bo‘lgan klub 2022 yilning yozida uni transfer qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Fikrlar