
Raqib “Siti”ning to‘rtinchi futbolchisini olib qo‘ymoqchi
“Chelsi” chempionatdagi ashaddiy raqiblaridan hisoblangan “Manchester Siti” o‘yinchilarini tortib olishni an’anaga aylantirib oldi.
Avval “shaharliklar”dan Rahim Sterling va Koul Palmer “aristokratlar” safiga ko‘chib o‘tgandi. Ayniqsa, Palmer yakunlangan mavsumning eng zo‘r futbolchilaridan biri bo‘ldi.
Yangi mavsum oldidan londonliklar yana ikkita o‘yinchini o‘ziga og‘diryapti. “Chelsi” mutasaddilari “Siti” tarbiyalanuvchisi Tosin Adarabioyoni olganini e’lon qilib ulgurdi.
Endi ular yana bir “shaharlik” Jeyms Maketani nishonga oldi. GiveMeSport nashriga ko‘ra, londonliklar iqtidorli yarim himoyachini shu yoz ichi o‘ziga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Fikrlar