
Raqibini 1-raundidayoq nokautga uchratgan Mavlonbek Qahhorov yurtimizga qaytib keldi (FOTO)
Xabar berganimizdek, Tailandning Bangkok shahrida o‘zbek muaytay olamining yorqin yulduzi, 3 karra jahon chempioni Mavlonbek Qahhorov professional faoliyatida navbatdagi jangini o‘tkazdi. U Lumpinee Fairtex Fight turnirida tailandlik Vanchalermga qarshi ringga ko‘tarildi. Quvonarlisi, jangning 1-raundidayoq hamyurtimiz raqibini chuqur nokautga uchratgan holda g‘alaba qozondi. Shu tariqa yurtdoshimiz ONE FC bilan shartnoma tuzish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Bugun iste’dodli muaytaychimiz yurtimizga qaytib keldi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida jamoadoshlari, muxlislar va yaqinlari kutib oldi.









Fikrlar