Raqibni aldashda bu futbolchidan zo‘ri yo‘q

  • 3 yanvar, 2024, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Squawka ekspertlari kuchli beshlik ligalarining eng zo‘r dribling ustalarini aniqlanadi. Reytingni shakllantirishda futbolchilarning 2023 yil davomidagi ko‘rsatkichlari asos qilib olindi.

Tecno

Unga ko‘ra, “Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Jeremi Doku yilnig eng yaxshi driblyori sifatida e’tirof etildi. 21 yoshli futbolchi jami 133 ta vaziyatda raqiblarini aldab o‘tgan.

Keyingi o‘rinda “Bavariya” yulduzi Leroy Sane qayd etildi. Bu futbolchi yil davomidagi uchrashuvlarda raqiblarini 114 marta ojiz qoldirgan.

Reytingning uchinchi pog‘onasi “Atletik” futbolchisi Niko Uilyamsga nasib qildi. Iste’dodli futbolchi 110 ta holatni raqiblarini individual mahorati evaziga ortda qoldirgan.

“Real”ning ikki hujumchisi – Vinisius Junior 106 ta, Rodrigo esa 101 ta driblingni muvaffaqiyatli amalga oshirib, kuchli beshliklan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Журабой
03/01/2024 19:38
Тугри