
Rashidov "Nasaf" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda
Qarshining “Nasaf” klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Klub rasmiy saytida yozilishicha, avval Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubida faoliyat olib borgan Sanjar Rashidov qarshiliklarning mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi yakuniga etgan mavsumda 14 ta gol kiritishga erishgan.
Shuningdek, mashg‘ulotlarda tojikistonlik Jahongir Aliev ham ishtirok etayotganligi rasman tasdiqlandi.
Fikrlar