Rasman! 31 mayga qadar Rossiyada futbol bo‘lmaydi

  • 01.04.2020 22:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya futbol ittifoqi ijroqo‘mi koronavirus pandemiyasining tarqalishi tufayli mamlakatdagi barcha futbol musobaqalarini 31 mayga qadar to‘xtatishga qaror qildi.

Tashkilot rasmiy saytining xabar qilishicha, pandemiya tufayli yuzaga kelgan vaziyat ish beruvchilar va ishchilarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan fors-major holati deb topilgan.

Hozirda Rossiya premer-ligasida ikki nafar hamyurtimiz - Eldor Shomurodov (“Rostov”) va Oston O‘runov (“Ufa”) to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!