Rasman: AGMK "Bunyodkor" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 5 yanvar, 2021, 19:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tarkibni yanada kuchaytirishga harakat qilayotgan va selektsiya ishlarini jadallik bilan davom ettirayotgan AGMK navbatdagi transferga qo‘l urdi. Olmaliq klubi o‘tgan yillar davomida «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan qanot himoyachisi - Dilshod Ahmadalievni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ajoyib tezlik va dribling sohibi endilikda «konchilar» libosida olmaliqlik muxlislarini xushnud etishga intiladi. Dilshod Ahmadaliev erkin agent sifatida AGMK bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

ahmadalievv

Dilshod Ahmadaliev 1994 yili Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida tavallud topgan va 2015 yili «Obod» safida harakat qilgan. 2016 yildan e’tiboran esa, katta futbolda «Bunyodkor» jamoasida faoliyat yuritdi. Himoyachi 2016-2020 yillar mobaynida «Bunyodkor» safida jami 128 o‘yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg‘ol qilgan. Dilshod Ahmadaliev O‘zbekiston chempionatida 101 o‘yin, OChLda 9 uchrashuv va kubokda 18 bellashuv o‘tkazgan.

Ahmadaliev AGMK bilan shartnoma imzolaganidan baxtiyor va himoyachi yangi jamoasidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"AGMK ahil oilasiga qo‘shilganimdan baxtiyorman. Ochig‘i, jamoa almashtirib, o‘zimni yangi muhitda sinab ko‘rish payti kelgandi. Olmaliq tanloviga to‘xtalganimni asosiy sababi bu Mirjalol Qosimov qo‘l ostida harakat qilish ishtiyoqi bo‘ldi. Qo‘shoqovich bilan avval ishlaganman va bu menga ma’qul kelgan. AGMK bilan ichki musobaqalarda va xalqaro maydonda muvaffaqiyatli qatnashishni maqsad qilganman. O‘ylaymanki, AGMKdagi faoliyatim nafaqat men uchun yangi sahifa, balki jamoamiz uchun ham qiziqarli va yangi muvaffaqiyatlarga boy bo‘ladi. Yangi kollektiv va muhit menga yoqdi. Xudo xohlasa, AGMK safida muxlislarni xursand qilishga bor kuchimni sarflayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!