Rasman! Aleksandr Xomyakov - "Andijon" bosh murabbiyi

  • 2 iyun, 2019, 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Superliga debyutanti hisoblangan "Andijon" rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakovni rasman bosh murabbiy sifatida e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Viloyatda millionlar o‘yiniga bo‘lgan yuksak e’tibori, jamoamizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashi, har bir uy uchrashuvlarimizga shaxsan tashrif buyurishi tabiiyki andijonlik minglab ashaddiy muxlislarni quvontirmoqda. "Andijon" jamoasining natijasiga befarq bo‘lmagani uchun ham klubimiz prezidenti bosh murabbiy masalasini zudlik bilan ko‘rib chiqishni, lozim bo‘lsa xorijlik malakali mutaxassisni jal etish va bu orqali ijobiy natiajalarga erishib, Andijon xalqini xursand qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shundan so‘ng klub rahbariyati bir qator tajribali murabbiylar bilan muzokaraga kirishdi va yakunda rossiyalik taniqli murabbiy Aleksandr Xomyakov nomzodida to‘xtalishga qaror qildi.

Ishqibozlarga yaxshi ma’lumki, so‘nggi 10 yilni Muborak "Mash’al" jamoasida samarali o‘tkazgan Aleksandr Andreevich mamlakatimiz futbolida o‘ziga yarasha xurmat qozongan mutaxassislardan biridir. Eng avvalo ichki imkoniyatdan foydalanib, mahalliy kadrlarni etishtirib borishga xarakat qiladigan Xomyakov "Andijon"da ham ushbu falsafasidan foydalanishni rejalashtirgan!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, bungacha jamoani Eldor Sakaev tark etgan edi. So‘nggi o‘yinlarda esa "burgutlar" katta murabbiy Jamshid Saidov qo‘l ostida maydonga tushib kelishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Behzod Aliev
07/06/2019 14:23
Хурматли Хомяков Андижонни совринли уринларга олиб чикиш насиб килсин
&
Стас Михайлов
02/06/2019 18:02
Шу мураббийга имкон беришса академияни ҳам зўр килтб ташлайди
&
Anvarbek
02/06/2019 17:33
Улуқ ойларда АНДИЖОНга қадами қутлуғ келсин фақат омад олға!!