
Rasman! "Ayaks" yirik transferni amalga oshirdi
“Ayaks” matbuot xizmati klub rasmiy sayti orqali “Reynjers” klubi va Nigeriya terma jamoasi himoyachisi Kalvin Bassining transferi haqida e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transferi 23 million evroni tashkil etgan. Bu mablag‘ bonuslar hisobiga yana 3,5 millionga oshishi mumkin. Futbolchi amsterdamliklar bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
22 yoshli Bassi 2020 yildan buyon “Reynjers” safida to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida shotland grandi safida barcha musobaqalarda jami 65 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U bundan avval "Lester"da o‘ynagan. U Nigeriya terma jamoasi safida 6 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar