
Rasman! "Barselona" futbolchisi APL klubiga ko‘chib o‘tdi
"Everton" klubi "Barselona" xavbeki Andre Gomeshning transferini sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 25 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi “irischilar”ga bonuslar bilan birga 25 mln evroga tushgan. Gomesh esa yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Gomeshni 2016 yil yozda 37 mln evro evaziga xarid qilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “ko‘k-anor ranglilar” tarkibida jami 78ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Gomesh so‘nggi mavsumni “Everton” safida ijara asosida o‘tkazdi va 29ta o‘yinda 1ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar