Rasman! "Barselona" futbolchisi mavsumni "Betis"da davom ettiradigan bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Karles Alenya mavsumni "Betis"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda sevilyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“Betis” klubi 21 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar sotib olish huquqisiz ijaraga oldi.
Ma’lumot uchun, Alenya “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida 2016 yilning noyabrida debyut qilgan edi. O‘tgan davr mobaynida Karles 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar