Rasman! "Barselona" hujumchisi sobiq jamoasiga qaytdi (FOTO)
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Lyuk de Yong PSVga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
31 yoshli futbolchi eyndxovenliklar bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, De Yong uchun PSV begona emas. U 2014-2019 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Lyuk o‘tgan mavsum "Barselona"da 29 o‘yinda 7 ta gol urdi.


Fikrlar