
Rasman! "Barselona" uzoq kutilgan transferni e’lon qildi (Foto)
"Barselona" klubi Frank Kessi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati xabar berdi.
25 yoshli yarim himoyachi "Milan" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U yozda erkin agentga aylandi va "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shildi. Frank Kataloniya klubi bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Uning tovon puli 500 million evro etib belgilandi.
Endilikda, klub Kristentsen transferini e’lon qilishi kutilmoqda.
U o‘tgan mavsum "rossonerilar" safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar