Rasman! "Barselona"ning eng qimmat futbolchisi APL klubiga o‘tdi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini Premer-ligada davom ettiradi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, "Aston Villa" braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. U mavsum so‘ngiga qadar birmingemliklar safida to‘p tepadi. Shuningdek, shartnomada uni sotib olish bandi ham bor.
Ma’lumot uchun, Filippe 2018 yilda "Liverpul"dan 140 million evro evaziga Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan edi. Bu vaqt oralig‘ida u 106 uchrashuvda maydonga tushib, 25 gol va 14 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar