Rasman! Batshuayi "Galatasaroy" futbolchisiga aylandi

  • 2 iyul, 2024, 08:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman Mishi Batshuayi "Galatasaroy"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda. Istanbulliklar hujumchi bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. 

Tecno

Image

30 yoshli belgiyalik 2022 yili Turkiyaga kelgan bo‘lsa, dastlab, "Beshiktosh", keyin esa "Fenerbaxche"da to‘p tepdi. Endi u "Galatasaroy" futbolchisiga aylanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Batshuayi erkin agent sifatida Istanbul klubi tarkibiga kelib qo‘shildi. Uning ayni paytdagi transfer narxi 9 million evroni tashkil qiladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!