Rasman! Boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

  • 29 aprel, 2020, 15:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

  Boks bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionati Serbiyada o‘tkaziladgan bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida 2021 yilgi jahon chempionati Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o‘tkaziladi. Bu haqida AIBA rasmiy sayti xabar bermoqda. Musobaqa o‘tkazilish sanasi keyinroq ma’lum qilinadi. Avvaliga 2021 yilgi jahon chempionati Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Lekin, shahar AIBA oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarmadi va chempionatni Serbiya qabul qiladigan bo‘ldi. Endi Hindiston poytaxti jarima sifatida 500 ming AQSh dollari to‘lashi lozim.

Tecno

 Serbiya bungacha 1978 yil ham boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!