Rasman! "Borussiya" Dortmund mavsumlar oralig‘idagi ilk transferini amalga oshirdi

  • 23.05.2022 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi matbuot xizmati "Kyoln" yarim himoyachisi Solih O‘zjanning transferi haqida ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchining transfer narxi 5 million evroni tashkil qilgan. O‘zjan esa dortmundliklar bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.

24 yoshli Solih O‘zjan 2016 yildan beri “Kyoln”da to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoa safida jami 128 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!