Rasman. "Borussiya" Xolandga o‘rinbosar sifatida yana "Zaltsburg" futbolchisini tanladi

"Zaltsburg" futbolchisi Karim Adeyemi "Borussiya" Dortmund bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda nemis klubi rasmiy sahifasi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Karim yangi klubi uchun 51 million funt sterlingga tushadi. U yozda "Borussiya" safiga borib qo‘shiladi. 

20 yoshli forvardga dortmundliklardan tashqari MYu jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Biroq Xolandning "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tishi ushbu jarayonni tezlashtirib yubordi.

Ma’lumot o‘rnida, Karim Adeyemi joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 42 o‘yinda 23 gol va 8 assistga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!