Rasman! Bu hujumchi jamoada yana 9 yil qoladi

  • 13 sentabr, 2024, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Chelsi” rasmiy sayti orqali 23 yoshli Nikolas Jekson bilan yangi shartnoma tuzilgani va 2033 yilgacha mo‘ljallanganini e’lon qildi.

Tecno

Iste’dodli hujumchining amaldagi bitimi 2031 yilgacha davom etishi ko‘zda tutilgandi va kelishuv yana ikki yilga uzaytirildi.

- Bu hali boshlanishi. “Chelsi” Nikolas Jekson bilan 2033 yilning yozigacha davom etadigan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qilishdan mamnun, - deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.

Senegallik futbolchi London klubiga o‘tgan yili yozda “Vilyarreal”dan transfer qilingan edi. Hozirga qadar barcha turnirlarda 47 ta uchrashuv o‘tkazgan Jekson 18 ta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali iqtidorli hujumchining transfer summasini 35 million evroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!