Rasman! Bundesliga vitse-chempionlari bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiy Marko Rozeni iste’foga chiqarganini ma’lum qildi. Mutaxassis jamoada 1 yil faoliyat olib bordi.
"Mavsumni chuqur tahlil qilgan holda, biz shunday qarorga keldik. Marko Rozega kelgusi faoliyatida omad tilaymiz", - deyiladi klub bayonotida.
45 yoshli murabbiy "Borussiya"ni 2021 yil yozida qabul qilib olgan. Joriy mavsum u "arilar" bilan Bundesliga 34-turidan so‘ng 69 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar