Rasman! David Luiz "Arsenal" futbolchisiga aylandi

  • 9 avgust, 2019, 09:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chelsi" klubi himoyachisi David Luiz Londonning boshqa bir grandi - "Arsenal" safiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Aytish kerakki, hozircha shartrnoma shartlari oshkor etilmayapti. Biroq, “kanonirlar” 32 yoshli braziliyalik futbolchining transferi uchun taxminan 10 mln evro sarflagani aytilmoqda. Luizning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, David Luiz “Chelsi” sharafini 2011-2014 hamda 2016-2019 yillarda himoya qilgan va jami 248ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!