Rasman! "El-klasiko" sanasi ma’lum bo‘ldi
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “Barselona” – “Real” uchrashuvi o‘tkaziladigan aniq sanani ma’lum qildi.
Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu “el-klasiko” 18 dekabr kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi. Har ikkala klub ham aynan mana shu kunni tanlashgan.
Eslatib o‘tamiz, dastavval La Liga rahbariyati ushbu o‘yinning 4 dekabrda o‘tkazilishini taklif qilishayotgan edi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” – “Real” uchrashuvi taqvimga ko‘ra 26 oktyabr kuni o‘tkazilishi lozim edi. Biroq, Kataloniyadagi namoyishlar sabab o‘yin sanasi ko‘chirildi.

Fikrlar