Rasman: "Everton" Risharlison bilan shartnomani uzaytirdi
"Everton"ning braziliyalik hujumchisi Risharlison klub bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekdi.
22 yoshli futbolchi liverpulliklar safiga "Uotford"dan 2018 yil yozida 35 million funt evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Shundan buyon Risharlison "Everton" libosida 55 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol kiritishni uddalagan. Shuningdek u Braziliya terma jamoasi safida 17 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol kiritgan.

Fikrlar